Ekspert hakamlar guruhi So’g’diyona – Qizilqum uchrashuvidagi bahsli epizod yuzasidan xulosa berdi
Mazkur holatda bosh hakam “Qizilqum” futbolchisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatishi lozim edi.
photo: So'g'diyona fk
O‘zbekiston Superligasi
02.11.2025, Yak.
So'g'diyona
3
Qizilqum
0
“So’g’diyona” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 72-daqiqasida “Qizilqum” futbolchisi raqibga nisbatan qo‘pol tarzda harakat qildi.

VAR aralashuvidan so‘ng bosh hakam epizodni qayta ko‘rib chiqib, noto’g’ri talqin qilgan holda qo’pol harakatni amalga oshirgan futbolchiga sariq kartochka ko’rsatdi. Bu vaziyatga yaqin turgan yordamchi hakam bosh hakamga vaziyat yuzasidan aniq ma'lumot berishi zarur edi.

Ekspert hakamlar guruhi xulosasiga ko‘ra, mazkur holatda bosh hakam “Qizilqum” futbolchisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatishi lozim edi, uning qarori noto‘g‘ri bo‘lgan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor