Superliga. «So‘g‘diyona» o'z maydonida «Qizilqum»ni yirik hisobda magʻlub etdi
Oʻzbekiston chempionatining 27-tur oʻyinlari davom ettirildi.
FOTO: UZPFL
O‘zbekiston Superligasi
02.11.2025, Yak.
So'g'diyona
3
Qizilqum
0
Oʻzbekiston Superligasi 27-turidan oʻrin olgan bahsda «So‘g‘diyona» oʻz maydonida «Qizilqum»ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Lyupcho Doriyev va Rubin Hebay (dubl) mualliflik qildi.
Shu tariqa, «So‘g‘diyona» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 34 taga yetkazib, 8-o‘rindan joy oldi. «Qizilqum» esa 32-ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.
Superliga. 27-tur
«So‘g‘diyona» — «Qizilqum» 3:0
Gollar: Doriyev (pen. 14), Hebay (34, 53).
Nasrullo Karimov
Jurnalist