locale OZ

\"Dinamo\" safarda ishonchli tarzda uch ochkoni qo'lga kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Dinamo" safarda ishonchli tarzda uch ochkoni qo'lga kiritdi
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
04.05.2025, Yak.
Sho'rtan G'uzor
1
Dinamo Samarqand
3

Bugun superliganing sakkizinchi turning so'ngchi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Yorqin o'yinlar orqali muhlislar mehrini qozonib borayotgan Samarqandning “Dinamo” klubi G'uzorning “Sho'rtan” jamoasi bilan uchrashuvni o'tkazish uchun G'uzor shahriga safar uyushtirdi.

Qiziqarli kechgan ushbu bahsda Vadim Abramov shogirdlari raqib darvozasini uch bor ishg'ol etishgan bo'lsa, Anvar Berdiyev shogirdlari garchand o'z uylarida o'ynashgan bo'lsada, faqatgina bir marotaba javob bera olishdi, 1:3.

“Sho'rtan” o'yingohi 7 yildan, ya'ni 2717 kundan so'ng superligaga qaytdi.

Ushbu uchrashuvni “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiyev ham stadiondan tomosha qildi.

Superliga. 8-tur

SHO’RTAN 1:3 DINAMO

Mirjahon Mirahmadov, 49 (0:1), Xislat Halilov, 89 (0:2), Oybek O’rmonjonov, 90+4 (0:3)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting