\"Dinamo\" legioneri uzoq muddatga safdan chiqdi
"Qo‘qon-1912" – "Dinamo" (2:3) uchrashuvini asosiy tarkibda boshlagan Duglas Maikon o‘yinining 22-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.
Tibbiy tekshiruvlardan so‘ng "Dinamo" jamoasining braziliyalik yarimhimoyachisining chap oyoq cho‘chsimon bo‘g‘im paylari yorilgani aniqlandi. Natijada, Qo‘qondagi o‘yindan keyin Salim Mustafoyevdan tashqari, Duglas Maikon ham uzoq muddatga safdan chiqqani ma’lum qilamiz. Braziliyalik yarimhimoyachi ham yaqin orada oyog‘idan jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi.
"Dinamo" PFK jamoasi va barcha muxlislari nomidan Duglas Maikonga sog‘liq tilaymiz va jamoamiz safiga tezroq qaytishini istaymiz", – deyiladi klub xabarida.