\"Dinamo\" kambek evaziga g'alaba qozondi va yigirma olti yil avvalgi rekordni takrorladi
Samarqand shahridagi “markaziy” o'yingohda Superliga 11 turi doirasida Samarqandning “Dinamo” hamda Navoiyning “Qizilqum” jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi.

Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda kechgan ushbu bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib 3:2 hisobidagi g'alabani nishonladi. Vadim Abramov shogirtlari ketma-ket 11 ta oʼyinda mag'lubiyat nima ekanligini bilmasdan keldi hamda oʼz rekordini takrorladi. Samarqand klubi oʼz tarixidagi eng uzun magʼlubiyatsiz seriyani 1999-yilda qayd etgandi.

Superliga. 11-tur
“DINAMO” 3:2 “QIZILQUM”
Gollar: Roman Popariga, 21 (0:1), Oybek O‘rmonjonov, 51 (1:1), Shahzodbek Rahmatullayev, 61 (1:2), Jurani Ferreira, 77 (2:2), Sanjar Qodirqulov, 90+6 (3:2)