«Dinamo» futbolchilari 4 oydan beri maosh olishmayapti
Klubda moliyaviy muammolar kuzatilmoqda.
Фото: Динамо ПФК
Samarqandning “Dinamo” jamoasida moliyaviy muammolar kuzatilmoqda.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov “Bunyodkor”ga qarshi kechgan Superliga 2-turidagi bahsdan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Ha, bu og‘ir masala. Futbolchilarning ham oilasi bor. To‘rt oydan beri maosh olmaganmiz. Rahbariyat bu muammoni hal qiladi degan umiddamiz”, dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” Toshkentda “Bunyodkor”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ular dastlabki bellashuvda “Navbahor”ga yutqazib qo‘ygandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist