locale OZ

«Buxoro» Superliga 22-turini o‘z maydonida o‘tkazadi

"Navbahor" ushbu turda Buxoroda mehmon bo‘ladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Buxoro» Superliga 22-turini o'z maydonida o'tkazadi
Фото: UzPFL

Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Buxoro" – "Navbahor" o‘yini 20-sentabr kuni Buxoro viloyati futbol akademiyasi maydonida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq "Buxoro" futbol akademiyasining futbol maydoni Superliga bellashuvlarini qabul qilish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani ma’lum qilingandi. Ayni vaqtda viloyat hokimligi va Liga stadionni katta o‘yinga tayyorlash ishlarini olib bormoqda.

Bunga qadar klub o‘z uy uchrashuvlarini turli shahar va stadionlarda o‘tkazishga majbur bo‘layotgandi. O‘tgan davr ichida mahalliy hokimiyat Liga tomonidan qo‘yilgan talablarni bosqichma-bosqich bajarishga erishdi. Endilikda "Buxoro" o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida to‘p tepish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting