locale OZ

\"Buxoro\" Norxonov bilan xayrlashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Buxoro" Norxonov bilan xayrlashdi
Photo: Bukhoro PFK

“Buxoro” klubi hujumchi Shohruz Norxonov bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Ikkinchi davra oldidan jamoamiz markaziy hujumchi bilan o‘rtadagi shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qildi", – deyiladi xabarda.

32 yoshli forvard joriy mavsum buxoroliklar tarkibida 18 o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uni 300 ming yevroga baholagan.

Avvalroq klub gruziyalik forvard Toma Tabatadze bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilgandi.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting