locale OZ

Bernardo Silva: «Ronaldu doimo bizning sardorimiz bo‘lgan»

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.
Futbol
Bernardo Silva: «Ronaldu doimo bizning sardorimiz bo‘lgan»
Фото: Getty Images

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardo Silva Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Bu tabiiy jarayon. Men 12 yil davomida Krishtianu bilan terma jamoada birga o‘ynash nasib etganidan baxtiyorman. U doimo bizning sardorimiz bo‘lgan. U ketganidan keyin biz — yoshi kattaroq va tajribaliroq futbolchilar — yoshlarga o‘zini ayamaslik, mehnat madaniyati va jamoa ichidagi mas’uliyatni saqlashda yordam berishimiz kerak.

Sardorlardan biri bo‘lish men uchun katta sharaf. Bu terma jamoada anchadan beri o‘ynayotganimni va ko‘p yillardan buyon uning sharafini himoya qilib kelayotganimni anglatadi. G‘alaba qozonish va muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar zarurligini bilaman. Bu vazifani imkon qadar yaxshi bajarishga katta g‘urur bilan harakat qilaman", — dedi Silva Daniyaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 5-noyabr kuni Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting