locale OZ

“Barselona”ga qarshi o'yin oldidan “Real Madrid” jiddiy yo'qotishga uchradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona”ga qarshi o'yin oldidan “Real Madrid” jiddiy yo'qotishga uchradi
FOTO: Getty Images
Ispaniya kubogi
26.04.2025, Yak.
Barselona
3
Real Madrid
2

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga jiddiy jarohat oldi va Ispaniya Kubogi finalidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Tekshiruvlar natijasi shu ko'rsatdiki, Eduardo sonining qo'shimcha mushak paylarini shikastlab olgan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etish joiz, yarim himoyachi chap qanot himoyachisi sifatida ham o'ynay oladi.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” va “Real Madrid” o'rtasidagi Kubok finali 26-apreldan 27-aprelga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da bo'lib o'tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting