locale OZ

«Barselona» «Real»ga qarshi bahsda Ed Sheeranning yangi albomi logotipi tushirilgan liboslarda maydonga tushadi

«El Klasiko» 26 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Barselona» «Real»ga qarshi bahsda Ed Sheeranning yangi albomi logotipi tushirilgan liboslarda maydonga tushadi
FOTO: FC Barcelona
Ispaniya La Ligasi
26.10.2025, Yak.
Real Madrid
2
Barselona
1

«Barselona»ning yangi uy formasi to'plamini taqdim etdi. Unda mashhur britaniyalik qoʻshiqchi Ed Sheeranning yangi «Play» albomi logotipi joy olgan.

Kataloniyaliklar bu formani 26 oktyabr kuni «Real»ga qarshi La Liga 10-tur uchrashuvida kiyishadi. 19 oktyabrda esa klubning ayollar jamoasi «Granada» bilan oʻyinda ayni shu formadan foydalanadi.

Ed Sheeranning Spotify’da oyiga 92 milliondan ortiq tinglovchisi bor, 14 ta qo‘shig‘i platformadagi Billions Club ro‘yxatiga kirgan. «Play» — uning sakkizinchi albomi boʻlib, turli madaniyatlar va sayohatlar ilhomida yaratilgan.

«Barselona» bu hamkorlik orqali musiqaning chegaralarni yoʻqotish va insonlarni birlashtirish kuchini namoyish etmoqchi. Klubning yosh va ijodkorlikka asoslangan oʻyin uslubi, shuningdek, Sheeranning futbol va «Barselona»ga boʻlgan muxabbati ushbu loyihani yanada samimiy qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting