locale OZ

“Barselona” Ispaniya Kubogi finali uchun qaydnomasini e'lon qildi. Ter Shtegen qaytdi!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Barselona” Ispaniya Kubogi finali uchun qaydnomasini e'lon qildi. Ter Shtegen qaytdi!
FOTO: Getty Images
Ispaniya kubogi
26.04.2025, Yak.
Barselona
3
Real Madrid
2

26-apreldan 27-aprelga o'tar kechasi Ispaniya Kubogi finalida Kataloniyaning “Barselona” klubi “Real”ga qarshi bahs olib boradi.

“Barselona” bo'lajak o'yin uchun o'z qaydnomasini e'lon qildi. Qayd etish joiz, ro'yxatga jarohati sabab 2024-yilning sentyabr oyidan beri maydonga tushmagan darvozabon Mark-Andre ter Shtegen ham kiritilgan.

Darvozabonlar: Ter Shtegen, Shesni, Penya.

Himoyachilar: Kubarsi, Arauxo, Inigo Martines, Kristensen, Kunde, Erik Garsiya, Fort, Jerar Martin.

Yarim himoyachilar: Gavi, Pedri, Pablo Torre, Fermin Lopes, Olmo, de Yong.

Hujumchilar: Ferran Torres, Fati, Rafinya, Pau Viktor, Lamin Yamal.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” - “Real Madrid” o'yini Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting