«Barselona» Flikning diskvalifikatsiyasi boʻyicha yana apellyatsiya berdi
«Barselona» rahbariyati bosh murabbiy Hans-Diter Flikning diskvalifikatsiyasi boʻyicha takroriy apellyatsiya topshirdi. Germaniyalik mutaxassis La Liganing 9-turi doirasidagi «Jirona»ga qarshi oʻyinda 91-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatilgan edi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining (RFEF) intizomiy qoʻmitasi «Barselona»ning dastlabki shikoyatini rad etgandi. Endilikda katalon klubi tashkilotning apellyatsiya qoʻmitasiga murojaat qildi.
Agar bu safar ham qaror o‘zgarmasa, klubda Sport ma'muriy sudiga (TAD) murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi. Agar yakunda ham rad javobi olinsa, «Barselona»ga yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda Flikning yordamchisi Markus Zorg boshchilik qiladi.
Eslatib oʻtamiz, «Barselona» 26 oktyabr kuni La Liganing 10-turi doirasida «Real»ga qarshi maydonga tushadi.