locale OZ

Bahrom Haydarov: «Biz ham shunaqa darvozabonimiz bo‘lishini xohlar edik»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bahrom Haydarov: «Biz ham shunaqa darvozabonimiz bo‘lishini xohlar edik»
Photo: Andijan PFK

“Andijon” – “Qo‘qon-1912” (3:0) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Bahrom Haydarov ishtirok etdi.

— Ko‘pchilik ko‘rdi, albatta 3:0 hisobidan keyin nimadir deyish qiyin. Bahona izlayotgandek bo‘lib qolishimiz mumkin. Ikki golni hisobga olmasak, teng jamoa bilan o‘ynayotgandek edik. Gapirish juda qiyin. Chunki bu juda og‘ir hisob. Yutqazmasligimiz kerak, deb o‘ylayotgandim. Birinchi bo‘lim ham, ikkinchi bo‘lim ham teng kurashlar ostida o‘tdi. Lekin individual mahorat evaziga birinchi va ikkinchi gollar darvozamizga kiritildi. Bizda ham vaziyatlar bo‘ldi. Lekin “Andijon” darvozabonini terma jamoadagi o‘yinlarida ham ko‘rgandik, tahlil qilgandik. Biz ham shunaqa darvozabonimiz bo‘lishini xohlar edik. O‘ylaymanki, bu darvozabon g‘alabaga juda katta hissa qo‘shdi. 0:0 bo‘lib turganida ham, yutqazayotgan paytimizda ham juda yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Darvozabon yarim jamoa deb bekorga aytishmaydi. Albatta, “Andijon”ning qolgan barcha o‘yinchilari ham mehnat qilishdi. Ammo darvozabonini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Himoya chizig‘imizni ham bir narsa deyish qiyin. Yaxshi desak, hisob bunga to‘g‘ri kelmayapti. Uchrashuvni ko‘rib chiqqanimizdan keyin xulosaga kelishimiz mumkin.

— Birinchi bo‘limdan to uchrashuv oxirigacha beshta himoyachi bilan o‘ynadinglar. Shu haqda fikringiz?

— Yo‘q, 5 ta himoyachi bilan emas. Raqib o‘yinini tahlil qilganimizda Abdumannopov bilan Abdumannonov keng o‘ynashadi. Ularning OKMK bilan o‘yinini ham tahlil qildik. Shunga majbur edik. Ammo to‘p bizda bo‘lganida uch himoyachi bilan... Bizda asosan uch himoyachi. Faqat ikkala qanot himoyachilari ham bor, majbur bo‘ldik. “Andijon” futbolchilarining keng joylashuvi hisobiga shunga moslab tayyorgarlik ko‘rgandik. 5 ta himoyachi degani, yutqazmasak bo‘ldi, deb maydonga tushmadik. Agar o‘yin davomida natija o‘zgarganida biz ham o‘zgarish qilmoqchi edik. Raqibning ikkala qanot o‘yinchilari deyarli oxirigacha o‘ynagani uchun sxemamizni almashtirmadik.

— Ikkinchi goldan keyin oldingi chiziqqa hujumchi tushirsangiz bo‘lmasmidi?

— Bilasizmi, ikkinchi goldan keyin meni tushuncham bo‘yicha aksincha uchta himoyachi qolsangiz, ikkala qanot futbolchilari tepaga ko‘tariladi. Bu sxemani 4 ta hujumchiga moslashtirsangiz bo‘ladi. Yutqazgandan keyin buni noto‘g‘ri qilgan bo‘lishimiz mumkin, buni o‘rganib chiqamiz. Bu savolga javob berish qiyin.

— Ikkinchi davra yirik hisobdagi mag‘lubiyat bilan boshlandi. Davralar oralig‘idagi tarkibda yuz bergan o‘zgarishlardan ko‘nglingiz to‘ldimi?

— Uchta yangi futbolchi tarkibimizda maydonga tushdi – Gadoev, Datsi va Haydarov. Haydarov bilan Datsi hujumchi. Gol urishmadi. Bugungi hisob hamma narsani kesib qo‘yyapti. Ularni maqtashga ham ojizmiz. Gadoevning biroz o‘yini qovushmadi, jamoaga qo‘shilib keta olmadi. Unga vaqt kerak. Chunki u ikkinchi davra boshlanishiga yaqin keldi. Datsi bilan Haydarov gol ura olmagan bo‘lsa ham bosim o‘tkazishga harakat qilishdi. Ammo 0 ga o‘ynaganimizdan keyin ko‘nglingiz to‘lmaydi. Mehnat qilishdi, yomon o‘ynadi deb bo‘lmaydi. Shu o‘rinda ishqibozlarimizga katta rahmat. Yo‘l bosib kelishdi va stadionda oxirigacha qo‘llab-quvvatlashdi. Yutqazayotganimizda ham ketib qolishmadi, ularga katta rahmat va uzr so‘rayman.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting