locale OZ

“Aston Villa” Jeymi Karragerga qarshi sudga murojaat qilish fikridan qaytdi

Bunga “Liverpul”ning sobiq himoyachisi klub va uning muxlislariga nisbatan ishlatgan qo‘pol so‘zlari uchun uzr so‘ragani sabab bo‘ldi.
Futbol
“Aston Villa” Jeymi Karragerga qarshi sudga murojaat qilish fikridan qaytdi
Foto: Getty Images

Angliyaning “Aston Villa” klubi sobiq futbolchi va teleekspert Jeymi Karragerga qarshi sud ishini boshlash rejasidan voz kechdi. Bunga “Liverpul”ning sobiq himoyachisi klub va uning muxlislariga nisbatan ishlatgan qo‘pol so‘zlari uchun uzr so‘ragani sabab bo‘ldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mojaro Karragerning “Stick to Football” podkastidagi chiqishidan keyin boshlangan. U “Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri “Manchester Yunayted”ni boshqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishi kerakligini aytgan. Ushbu fikr muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lgach, Karrager ularga nisbatan haqoratli ibora ishlatgan.

“Aston Villa” rahbariyati futbol eksperti tomonidan bildirilgan fikrlarni qabul qilib bo‘lmas deb baholab, unga qarshi huquqiy choralar ko‘rishini e’lon qilgan edi. Biroq Karrager keyinchalik ijtimoiy tarmoqlar orqali uzr so‘rab, so‘zlari noo‘rin chiqqanini tan olgan. Shundan so‘ng klub rahbariyati mojaroni sudgacha olib bormaslikka qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, 48 yoshli Jeymi Karrager futbolchilik faoliyatining asosiy qismini “Liverpul” safida o‘tkazgan. Faoliyatini yakunlagach, u Sky Sports telekanalida futbol eksperti sifatida ishlay boshlagan. Uning “Aston Villa” bilan bog‘liq mojarosi Angliya futbol jamoatchiligida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting