locale OZ

«Arsenal»da jiddiy xavotir: Uilyam Saliba Jahon chempionati yarim finalida jarohat olib maydonni tark etdi

Saliba Fransiyaning Ispaniyaga qarshi uchrashuvida jarohat sabab almashtirildi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
«Arsenal»da jiddiy xavotir: Uilyam Saliba Jahon chempionati yarim finalida jarohat olib maydonni tark etdi
photo: gettyimages
Jahon chempionati (JCH-2026)
14.07.2026, Yak.
Fransiya
0
Ispaniya
2

«Arsenal»da jiddiy xavotir: Uilyam Saliba Jahon chempionati yarim finalida jarohat olib maydonni tark etdi

Fransiya terma jamoasi safida bu yozgi turnir davomida jarohat bilan o‘ynab kelayotgan markaziy himoyachi Uilyam Saliba JCH-2026 yarim finalida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

«Arsenal» uchun bu holat jiddiy xavotir uyg‘otdi. Saliba Fransiyaning Ispaniyaga qarshi uchrashuvida jarohat sabab almashtirildi. Uning o‘rniga Maksans Lakrua maydonga tushdi. Texas shtatining Arlington shahrida o‘tayotgan bahsning birinchi bo‘limidan so‘ng Fransiya 0:1 hisobida ortda qolayotgandi.

Yevropa chempioni Ispaniya hisobni penaltidan ochdi. Mikel Oyarzabal 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Penalti esa Fransiya himoyachisi Lyuka Din jarima maydonida yuqoridan kelgan to‘pni noto‘g‘ri baholab, Lamin Yamalga zarba berganidan so‘ng belgilandi.

Birinchi bo‘lim oxirlariga yaqin Dide Desham va Fransiya yana bir yo‘qotishga duch keldi. Taxminan 30-daqiqada Saliba to‘p bilan harakatlanayotgan vaqtda yerga yiqildi va belining pastki qismini ushlab qoldi.

«Arsenal» himoyachisi o‘yinni davom ettira olmasligi ayon bo‘ldi. Shundan so‘ng “Chelsi”ning transfer maqsadlaridan biri hisoblangan Lakrua murabbiy ko‘rsatmasi bilan tezda qizish mashqlarini boshladi.

Tibbiy ko‘rikdan so‘ng Salibaning to‘liq 90 daqiqa o‘ynay olmasligi ma’lum bo‘ldi va uning o‘rniga «Kristal Pelas» himoyachisi maydonga tushirildi.

Saliba avvalroq ushbu yozgi turnir davomida belidagi muammo bilan o‘ynab kelayotganini tan olgandi. U Ispaniyaga qarshi yarim final oldidan jiddiy muammo sezmagan edi.

25 yoshli futbolchi Fransiyaning Iroqqa qarshi guruh bosqichi o‘yini oldidan shunday degandi:

— Bir necha oydan beri mayda bezovtaliklar bor. Chempionlar ligasi va Premyer-liga sabab tishni tishga qo‘yib o‘ynashga majbur bo‘ldim. Ammo murabbiylar shtabi bu holatni juda yaxshi nazorat qilmoqda.

— Jahon chempionati har to‘rt yilda bir marta bo‘ladi, shuning uchun bunday paytda chidashga to‘g‘ri keladi.

— Men 100 foiz tayyor emasman. Lekin 100 foiz tayyor bo‘lmagan futbolchilar ko‘p. Buni bahona qilib bo‘lmaydi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting