Anvarjon Hojimirzayev — Superligada iyul oyining eng yaxshi futbolchisi
Superliganing iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
photo: Dinamo fk
Superliganing iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Unga ko‘ra, «Dinamo» hujumchisi Anvarjon Hojimirzayev eng yaxshi deb topildi.
32 yoshli futbolchi o‘tgan oyda samarqandliklar safida Superligada 3 bahsda 5 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi.
Sovrin uchun kurashda Hojimirzayev Bashar Resan («Paxtakor»), Bobur Abduxoliqov («Nasaf»), Asadbek Sobirjonov (OKMK) va Anvarjon G‘ofurovni («Neftchi») ortda qoldirdi.
Avvalroq Mirjalol Qosimov Superligada iyul oyining eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor