locale OZ

Andrey Shipilov: Bu natija ikki jamoani ham qoniqtirmaydi

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qo'qon-1912" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Andrey Shipilov: Bu natija ikki jamoani ham qoniqtirmaydi
photo: Qo'qon-1912
O‘zbekiston Superligasi
14.04.2026, Yak.
Bunyodkor
0
Neftchi Fargona
1

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qo'qon-1912" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Juda yaxshi o'yin guvohiga aylandik. 90 daqiqa davomida barchani bosim ostida ushlab turdi. Futbol uchun bu yerda barcha sharoit yaratilgani ko'rinib turibdi. O'zimiz haqimda gapirsam, o'yin boshidayoq gol o'tkazib yuborish qiyin albatta. Vaziyatni tiklab yana darvozamizdan to'p olib chiqishni tushunish qiyin. Birinchi bo'lib gol qo'yib yuborish, holatimizni qiyinlashtirish yoqyapti shekilli. Futbolchilarim harakat qilishdi, borlarini berishdi shu bois hech narsa deya olmayman. Mezbonlar ham g'alabaga intilishdi.Fikrimcha, natija adolatli bo'ldi. 2:2 bo'lib turgan vaqtda bizda ham vaziyatlar yuzaga keldi. Raqib muxlislari oldida chiroyli o'yin ko'rsatishga urindi. Ikki jamoa ham natijadan mamnun emasligi kundek ravshan. Durang meni ham qoniqtirmaydi. 5 ta turdan beri yutqazmayapmiz, to'g'ri.

- Keyingi o'yinlarda jamoa safida qanday o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkin?

- Navbatdagi uchrashuvda qo'shnilarimiz bilan to'qnash kelamiz. Raqibimiz - "Andijon". Biz bu erga uzoq yo'l bosib keldi. Ortga yana shuncha yo'l sarflaymiz. Ular 2 kun dam olyapti, tiklanyapti. Nima uchun bunday bilmayman. Rotaciya albatta bo'ladi. Himoyachimiz qizil kartochka oldi. Biz o'zgarish qilishimizga to'g'ri keladi. Hozir birinchi o'rinda Qo'qonga qaytishimiz kerak. Kim tayyor ekanligiga qarash lozim. Shifokorlar xulosasini olyapmiz, chunki 7 ta tur qoldi va mikrojarohatlar yuzaga kelyapti. Rotaciyalar borasida nimadir deya olmayman. Shifokorlar xulosasiga qaraymiz",-dedi mutaxassis.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting