\"Andijon\" - \"Dinamo\" uchrashuvi uchun chiptalar ertadan sotuvga chiqadi!
PHOTO: Telegram
Andijonning “Andijon” jamoasi O'zbekiston kubogi bahslarida ikki turdan keyin guruhdan chiqish imkoniyatini uddalay olmasdan, muddatidan avval musobaqa bilan xayrlashganidan xabaringiz bor. Klub shunday bo'lsada so'nggi tur o'yini uchun o'z muhlislarini stadionga chorlamoqda

"“Andijon” 13 may kuni Oʼzbekiston Kubogi guruh bosqichidagi soʼnggi oʼyinini oʼz maydonida Samarqandninig "Dinamo" klubiga qarshi oʼtkazadi.
Mazkur bahs uchun chiptalarning ertadan stadion rasmiy kassalarida sotuvi boshlanadi.
"Andijon" - "Dinamo" oʼrtasidagi bahs
13-may kuni "Bobur arena"da soat 19:00 da boshlanadi",-deb yoziladi klub saytida
Ibrohim Jalolov
Redaktor