\"Andijon\" murabbiyi matbuot anjumanida bir og'iz gapirdi halos
“Andijon” – “Dinamo” (1:1) o'rtasidagi o'yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “burgutlar” murabbiyi Artyom Petrosyan qatnashdi va qisqacha fikr bildirish bilan cheklandi.
“O'zingiz hamma narsani ko'rdingiz, 10 tadan ko'p vaziyat yaratib, 1:1 o'ynash juda alamli. Bo'ldi, boshqa gapim yo'q. Rahmat”.
“Andijon” – “Dinamo” – 1:1 (1:1).
13 may. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 4216 tomoshabin.
Hakamlar: Umidjon Rahimjonov, Aziz Isakov, Axror Rahmatov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Viktor Serazetdinov
Komissar: Said Shoxruh
“Andijon”: Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Miomir Jurichkovich, Abdurahmon Komilov, Oleg Zoteev, Altin Kreziu (Iskandar Shoyqulov, 63), Ilhom Abdug'aniev (Damir Temirov, 63), Farhod Sohibjonov, Doniyor Abdumannopov (Bektemir Abdumannonov, 80), Mirzad Mexanovich (Usmonali Ismonaliev, 80), Islam Mashukov (Rustam Turdimurodov, 46).
“Dinamo”: Edem Nemanov, Akbar Abdirasulov, Maykon, Xislat Halilov, Abdulahad Hoshimov (Oybek Hamroqulov, 33), Maqsudxo'ja A'loxo'jaev (Bakir Saidov, 75), Muhammadaziz Ibrohimov (Dilyor Baxtiyorov, 46; Ravshan Abdumannonov, 80), Behruz Oblaqulov, Muhsin Bozorov, Ismoil Farhodov, Vohid Oqbo'taev.
Gollar: Doniyor Abdumannopov, 9-pen. – 1:0. Akbar Abdirasulov, 45+2 – 1:1.
Ogohlantirishlar: Islom Mamatkazin, 89 – Ismoil Farhodov, 76.