locale OZ

Marat Miftaxutdinov: \"Biz bu o'yingacha vazifani uddaladik\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marat Miftaxutdinov: "Biz bu o'yingacha vazifani uddaladik"
PHOTO: Telegram

O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidagi so'nggi turidan o'rin olgan “Andijon” – “Dinamo” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar murabbiyi Marat Miftaxutdinov qatnashdi.

O'yinni qiziqarli bo'ldi, deyish mumkin. Uchrashuvni barcha juda qiziqish bilan kuzatdi. Maydon egalarida bir qator xavfli vaziyatlar bo'ldi. Futbol shunday o'yinki, unda albatta imkoniyatlardan foydalanishing kerak bo'ladi. Shu sababli ko'rdikki, bugungi bahs durang bilan yakunlandi. Albatta, biz bu o'yingacha vazifani uddalagandik. Shu boisdan ushbu uchrashuv uchun tarkibda rotasiyani amalga oshirdik. Chempionat o'yinlarida zaxirada qolayotgan va o'yin amaliyoti kamroq bo'layotgan futbolchilarga imkoniyat taqdim etdik. Shu bilan birgalikda o'rinbosarlar tarkibimizdan ham ayrim yoshlarni sinab oldik.

Maydonda to'p surgan yosh futbolchilar sizda qanday taassurot qoldirdi?

Ularda katta xohish borligi ko'rinib turdi. Ba'zi joylarda ularga tajriba yetishmadi. O'ylaymanki, iqtidorli yoshlarimiz bizning yaqin kelajakdagi asosiy o'yinchilarimiz.

Bosh murabbiy Vadim Abramovni Andijonga kelmaganining sababi nimada?

Sog'ligida biroz muammolari bor edi. Biroz betob bo'lib qoldi. Bir qator futbolchilarimiz qolishgandi. Vadim Karlenovich ular bilan birga qoldi. Sog'ligi bilan bog'liq muammolar tufayli kelmadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting