locale OZ

Aleksandr Xomyakov: Alam qiladigani, biz bugungi gʻalabani saqlab qola olmadik

Buxoro bosh murabbiyi Andijon bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Xomyakov:
photo: Andijon fk
O‘zbekiston Superligasi
01.11.2025, Yak.
Andijon
1
Buxoro
1

“Andijon” - “Buxoro” (1:1) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov qatnashdi.

- Oʻyinni yetarlicha ogʻir boʻldi, deyishim mumkin. Turnir jadvalidagi hozirgi vaziyat bizni harakat qilishga va ochko yigʻishga majbur qilyapti. Dekabrdagi oʻtish oʻyinida qatnashmaslik uchun kerakli ochkolarni jamgʻarish lozim. Uchrashuvni qiyin boʻlishini bilardik. Ayniqsa, ikki kun ichida qayta tiklanish oson boʻlmasligini ham bilardik. Yigitlarni oʻz ishiga boʻlgan masʼuliyati, professionalizm va ishonchini alohida taʼkidlab oʻtish kerak. Futbolchilar tigʻiz grafik boʻlishiga qaramasdan masʼluyatni his qilib oʻynashmoqda. Biz yomon oʻyin koʻrsatmadik. Lekin gʻalabani saqlab qola olmadik. Baribir futbolchilardan mamnunman. Shu bilan birga alohida aytib oʻtishim kerakki, oʻzim uchun qadrdon boʻlgan stadionga kelib, muxlislar qarshisida oʻynash ajoyib his tuygʻularni taqdim qildi. Shu qatorda barchangizni shu yerda koʻrib turganimdan xursandman. Muxlislarning krichalkalari, stadiondagi muhit - bularni barchasini koʻrish yoqimli. Bunday muhit yorqin xotiralarni eslatadi. “Andijon” menga ona shahrimdek boʻlib qolgan.

- Oʻyindagi natijadan qoniqdingizmi?

- Yoʻq. Biz gʻalaba qozonishimiz kerak edi. Bundan buyogʻiga har bir uchrashuvda yutishimiz kerak. Alam qiladigani, biz bugungi gʻalabani saqlab qola olmadik. Jamoamizda yaxshi imkoniyatlar boʻldi. “Andijon”ni darvozaboni yaxshi harakat qildi va jamoasini bir nechta gollardan saqlab qoldi. Gʻalabani kutgandik. Yana qaytaraman: “Andijon” men uchun ona shahrimdek boʻlib qolgan. Shunday boʻlsa-da, gʻalaba qozonishimiz kerak edi. Futbolchilar nima qilish kerak boʻlsa, barchasini bajarishdi. Ularga rahmat.

- Kubok finalidan keyin futbolchilarda charchoq alomatlari bordek tuyuldi...

- Final boʻlib oʻtganiga qancha boʻldi? Qisqa muddat ichida tikkalanish qiyin jarayon. Atigi endi ikki kun oʻtdi. Biz finalda katta kuch va katta xissiyot sarfladik. Buni toʻgʻri tushunish kerak. Bunday uchrashuvlardan soʻng jamoani qayta tiklanishi qiyin oʻtadi. Barcha koʻrdi, finalda qancha jismoniy kuch sarfladik?! Qisqa muddat ichida tiklanish jarayonini toʻliq oʻtkazish juda qiyin. Shu sababli ham futbolchilarga rahmat aytaman.

- Hujumchilar - Amonov va Tabatadzeni zaxiraga olishingiz ularning oʻyinidan qoniqmaganingiz tufaylimi?

- Bir narsani toʻgʻri tushunish kerakki, futbolchilar charchagan boʻlishi mumkin. Oʻta masʼuliyatli oʻyindan keyin ular toliqishi tabiiy. Barchasini hisobga olib ularni almashtirdim. Oʻrniga tezkor harakat qilishini oʻylab yoshlarni tushirdik. Oʻylaymanki, bu almashuv yaxshi boʻldi, zaxiradan tushganlar oʻyinga tez kirishib ketdilar.

- “Andijon” klubini Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokini kuzatyapsizmi? Qanday fikrdasiz?

- Menimcha, yaxshi oʻynashyapti. Toʻgʻri, hali gol urishmadi, biroq oʻz darvozasdian gol ham oʻtkazib yuborishmadi. Buni ham alohida taʼkidlash kerak. Oldinda yana oʻyinlar bor va yaxshi natijalar koʻrsatish mumkin. Imkoniyat bor. Fikrimcha, hozircha yaxshi. Asosiysi, qoʻlni erta tushirmaslik kerak. Oldinda muhim oʻyin kutyapti. Ayrim oʻyinchilar bilan gaplashdim, ularni imkoniyatlari yaxshi. Barchamizni xursand qilish uchun yutishsa yaxshi boʻlardi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting