6 aprel kuni O‘zbekiston Superligasining to‘rtinchi turidan uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi
6 aprel kuni O‘zbekiston Superligasining to‘rtinchi turidan uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston Superligasi
06.04.2025, Yak.
ОКМК
0
Dinamo Samarqand
0
6 aprel kuni O‘zbekiston Superligasining to‘rtinchi turi doirasidagi so‘nggi uchta o‘yin o‘tkaziladi.
O‘yinlar jadvali mahalliy vaqt bilan:
17:45 da «Andijon» o‘z maydonida «Mash'al» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Andijonliklar turnir jadvalida to‘qqizinchi, Qashqadaryo jamoasi esa 14-pog‘onada joylashgan.
18:00 da Jizzaxda «So‘g‘diyona» hamda «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Jizzaxliklar so‘nggi — 16-o‘rinda bormoqda, Toshkentning «Paxtakor»i esa 8-o‘rinda joylashgan.
20:15 da «OKMK» jamoasi Samarqandning «Dinamo»sini qabul qiladi. Har ikki jamoa yuqori o‘rinlarda joylashgan — «Dinamo» uchinchi, «AGMK» esa ikkinchi pog‘onada turibdi.
Bakradze Iman
Redaktor