locale OZ

Superliga. «Xorazm» safarda «Mash'al»dan ustun keldi

Uchrashuvda jami 3 ta gol urildi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Xorazm" safarda "Mash'al"dan ustun keldi
Фото: UzPFL

O‘zbekiston chempionatining 25-turidan o‘rin olgan “Mash'al” va “Xorazm” uchrashuvi yakunlandi.

G‘uzorda kechgan bellashuvda Urganchliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Rustamjon Abduxamidov va Shahram Samiev gollarga mualliflik qildi. Yana bir gol mezbonlar futbolchisi hisobiga avtogol sifatida yozildi.

Hakim Fuzaylov shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng 24 ochko bilan 13-o‘ringa chiqib oldi. “Mash'al” esa 23 ochko to‘plagan holda 14-o‘ringa tushdi.

Superliga. 25-tur
Mash'al – Xorazm 0:3
Gollar: Ergash Ismoilov, 18 (avtogol) (0:1), Rustamjon Abduxamidov, 45+3 (0:2), Shahram Samiev, 73 (0:3)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting