locale OZ

Dostonbek To‘xtaboyev: «Penaltilar seriyasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik»

"Mash’al" "Buxoro"ni yengib, Superligada qolish vazifasini uddaladi.
Maqolalar
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Dostonbek To‘xtaboyev: «Penaltilar seriyasiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik»
Фото: Машъал ПФК

“Mash’al” O‘zbekiston Superligasi pley-off bosqichida “Buxoro”ni yengib, ligada qoldi. Bu o‘yindan so‘ng “gazchilar” darvozaboni Dostonbek To‘xtaboyev Sports24.uz sayti muxbiri bilan suhbatlashdi. To‘xtaboyev “Xorazm”ga qarshi bahsning ikkinchi taymida jarohat olib, o‘z o‘rnini hamkasi Umidjon Hamroevga bo‘shatib bergandi.

“Bunday muhim g‘alaba bilan Muborak xalqini va jamoamizning ishqibozlarini chin dildan tabriklayman. Qiyin o‘yin bo‘lishini bilardik, lekin shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. G‘alaba qozonib, vazifani uddaladik. Bundan juda xursandmiz.

Albatta, finalga teng o‘yinda jarohat olganim kayfiyatga ta’sir qildi. Chunki o‘yinda to‘liq harakat qilishni istagandim. Hozircha jarohatim qanchalik ekanligini bilmayman. Tez orada tibbiy tekshiruvlardan so‘ng barchasi ma’lum bo‘ladi. Umid qilaman-ki, u qadar jiddiy emas.

Ochiq aytsam, mashg‘ulotlarda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rgandik. Penaltilar bo‘yicha ham ikki kun davomida o‘z ustimizda ko‘proq shug‘ullandik. Mashg‘ulotlarda qilgan mehnatlarimiz yordam berdi. Lotereyada g‘alaba qozonish juda yoqimli.

Mavsum yomon o‘tmagan. Dastlabki turdan tortib, so‘nggi turgacha har bir o‘yin juda qiziqarli va murosasiz kechdi. Joriy yildagi chempionat ancha shiddatli o‘tdi desam bo‘ladi. Chunki chempionlik poygasi ham so‘nggi turgacha davom etdi. Qolaversa, ligada qolish uchun kurash avjiga chiqqan. Xullas, mavsum ulkan taassurotlar bilan yakunlanmoqda.

Shaxsan men “Neftchi”ga qarshi chempionatning 4-turi juda qiyin kechdi. O‘sha kuni ikki bor qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydim. Bundan esa raqib unumli foydalanib, gol urdi. Keyinchalik shu xatolar ustida tinimsiz shug‘ullandim. Yana sport formamni tiklashimga yordam bo‘ldi.

Shu o‘rinda bir holatga e’tibor qaratmoqchiman. 2023 yilda “Turon” jamoasida tizzamdan jiddiy jarohat olgandim. Natijada jarrohlik amaliyotini o‘tkazishimga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda bir yil davomida futboldan chetda qoldim. O‘sha paytda “Mash’al” klubi direktori Ilhom Qurbanov ishonch bildirib, jamoaga taklif qildi. Futbolga yana qaytishimga yordam berdi, desam yanglishmayman. Fursatdan foydalanib, ularga rahmat aytaman. Shuningdek, Eldor Isaboyev ham mashg‘ulotlarda qo‘llab-quvvatladi va holatimni tiklab olishimga ko‘maklashdi.

“Mash’al” bilan 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnomam bor. Shu sababli kelajagim bor

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting