Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasini boshqaradi (Plettenberg)
Taniqli nemis murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Germaniya futbol ittifoqi (DFB) va Klopp 2025 yildan beri ishlab kelayotgan Red Bull kompaniyasi mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan.
Xabar qilinishicha, Klopp va uning tijoriy hamkorlariga oid barcha huquqiy masalalar 2026 yilgi Jahon chempionati finalidan keyin yozma ravishda rasmiylashtiriladi.
Rejaga ko‘ra, 59 yoshli mutaxassis 24 iyul, juma kuni Frankfurt shahrida 2030 yilgi Jahon chempionatigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekadi. Shu kuni rasmiy taqdimot va matbuot anjumani ham o‘tkazilishi kutilmoqda.
Klopp 2025 yildan buyon Red Bull kompaniyasida xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Undan avval esa 2015–2024 yillar davomida Angliyaning "Liverpul" klubini boshqargan.