locale OZ

Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi — Romano

Mashhur nemis mutaxassisi milliy terma jamoani 2030 yilning iyuligacha boshqaradi.
Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi — Romano
ФОТО: Getty images

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Yurgen Klopp bilan shartnoma imzoladi. Mashhur nemis mutaxassisi milliy terma jamoani 2030 yilning iyuligacha boshqaradi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma'lum qildi.

«Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzoladi. Bugun rasmiy tasdiq va taqdimot bo‘lib o‘tadi. Endi hech qanday shubha yo‘q — Klopp 2030 yil iyuligacha terma jamoada faoliyat olib boradi», — deb yozdi Romano.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida kutilmagan natija qayd etdi. Nemislar 1/16 finalda Paragvayga qarshi bahsda asosiy va qo‘shimcha vaqtni 1:1 hisobida yakunlab, penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan va musobaqani erta tark etgan edi.

Ushbu natijadan so‘ng Germaniya futbol ittifoqi bosh murabbiy almashtirishga qaror qildi. Shu vaqtgacha milliy jamoani Yulian Nagelsmann boshqarib kelayotgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting