locale OZ

Yamalga dalda bergan “Inter” futbolchisi o'yindan so'ng uni masxara qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yamalga dalda bergan “Inter” futbolchisi o'yindan so'ng uni masxara qildi
FOTO: Getty Images
Chempionlar ligasi
06.05.2025, Yak.
Inter
4
Barselona
3

UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining javob o'yinida “Inter” “Barselona”ni mag'lub etib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi (4:3, umumiy, 7:6).

Uchrashuvdan so'ng “neradzurrilar” hujumchisi Markus Tyuram Lamin Yamalni oldiga borib, unga dalda berdi. Biroq, Tyuram oradan ko'p o'tmay ijtimoiy tarmoqda 17 yoshli ispaniyalik vingerni masxara qildi.

Fransiyalik futbolchi o'z Instagram sahifasiga Yamalni quchoqlab, dalda berayotgan suratini joylashtirib, “Vaziyatda!”, deb izoh qoldirdi. Shuningdek, izohga kulayotgan stikerlarni ham qo'shib qo'ydi.

Ammo, keyinroq Tyuram o'z xatosini tan oldi va ushbu postni o'chirib tashlab, yangisini qo'ydi. Unda “Buyuklik buyuklikni tan oladi”, mazmunidagi izoh yozib qo'yilgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting