locale OZ

“Bu sharmandalik”. “Barselona” himoyachisi “Inter”ga qarshi o'yindagi hakamlikni tanqid qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bu sharmandalik”. “Barselona” himoyachisi “Inter”ga qarshi o'yindagi hakamlikni tanqid qildi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Inigo Martines Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan “Inter”ga qarshi javob o'yinidan so'ng (4:3, umumiy, 7:6) bosh hakam Shimon Marchinyakni tanqid qildi.

“Bugun hamma qarorlar bir tomonlama qabul qilinganini ko'rdi, lekin men bu haqda hech kim gapirishini istamayman. Axir, hakam qaror chiqarishi kerak va u qarorlarni shunday chiqardi. Bu sharmandalik”, - deydi Martines.

Eslatib o'tamiz, “Barselona” so'nggi bor 2015-yilda Chempionlar Ligasida g'alaba qozongandi. Finalda kataloniyaliklar “Yuventus”ni 3:1 hisobida mag'lub etgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting