locale OZ

Luis Enrike: “Barselona”ga qarshi o'ynash men uchun dahshatli tush bo'lardi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Luis Enrike: “Barselona” qarshi o'ynash men uchun dahshatli tush bo'lardi”
FOTO: en.psg.fr
Chempionlar ligasi
06.05.2025, Yak.
Inter
4
Barselona
3

PSJ klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Inter”ga qarshi o'yindan so'ng “Barselona”ning Chempionlar Ligasini tark etgani haqida fikr bildirdi.

“Barselona”ning yarim finalda 6 ta gol urganiga va hali ham musobaqani tark etganiga ishona olasizmi? Ko'pchilik bunga ishonmaydi. Ular finalga chiqishga loyiq edi. Ularning bu natijasi, shubhasiz, g'alati bo'ldi.

To'g'risini aytsam, Chempionlar Ligasi finalida “Barselona”ga qarshi o'ynash men uchun dahshatli tush bo'lardi”, - deydi Enrike.

Eslatib o'tamiz, Luis Enrike futbolchilik faoliyati davomida “Barselona” safida to'p surgan va keyinchalik ushbu klubni boshqargan edi. Chempionlar Ligasi final uchrashuvida PSJ va “Inter” o'zaro to'qnash keladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting