locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

“Inter” muxlisi “Barselona”ga qarshi o'yindan so'ng reanimatsiyaga tushib qoldi

Futbol 08 may 2025 da 07:06
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Журналист
“Inter” muxlisi “Barselona”ga qarshi o'yindan so'ng reanimatsiyaga tushib qoldi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalining javob o'yinida “Inter” “Barselona”ni 4:3 hisobida mag'lub etib, ikki o'yin natijasiga ko'ra final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Il Fatto Quotidiano nashrining xabariga ko'ra, uchrashuv vaqtida bir muxlisning yuragi xuruj qilib qolgan. Voqea o'yin tugashiga 15 daqiqa qolganida sodir bo'lgan. Yoshi 40 dan o'tgan erkak stadiondan chiqayotganida hushini yo'qotgan.

Yordamga yetib kelgan shifokorlar to'rtta defibrilator zarbasi va kardiopulmoner reanimatsiyasini o'tkazishgan, shundan so'ng yurak yana o'z holatiga qaytgan. Hozirda bemor San-Karlo kasalxonasining reanimatsiya bo'limida ekanligi aytilmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Inter” Chempionlar Ligasi finalida PSJ'ga qarshi to'qnash keladi. Uchrashuv 31-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo'lib o'tadi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting