locale OZ

Xayrulla Hamidov: \"Vodiylik muhlislarga gap yo'q! Gap yo'qdan boshqa gap yo'q!\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xayrulla Hamidov: "Vodiylik muhlislarga gap yo'q! Gap yo'qdan boshqa gap yo'q!"
Photo: gettyimages

O'zbekiston kubogi birinchi turi doirasida vodiy derbisi bo'lib o'tdi. Unda Namanganning "Navbahor" jamoasi o'z maydonida Farg'onaning "Neftchi" klubini qabul qildi. Ushbu uchrashuvni sharhlab borgan Xayrulla Hamidov bahs boshlanishi arafasida vodiy muhlislariga quyidagicha ta'rif berdi:

"Performens, yondirishyapti-ya vodiylik muhlislar. E gap yo'g'-e! Respekt-e! O'yinga harorat kiritish borasida bir-biridan o'zayotgan vodiylik muhlislarga shu jonli efirda barcha sharhlovchilar nomidan, umuman futbolga aloqasi bor jamiyki insonlar nomidan va muhlislar nomidan tashakkur bildirib qo'ymoqchiman. Gap yo'q, vodiylik muhlislarga gap yo'q! Gap yo'qdan boshqa gap yo'q! To'g'ri tushuninglar. Jamoalar tarkibini tanishtirayotgan paytimning o'zidayoq e'tiborni ekranga mixlashadi-ya",-deydi Hamidov

Eslatib o'tamiz ushbu vodiy derbisida 1:1 hisobidagi durrang qayd etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting