locale OZ

Xabi Alonso “Real” futbolchilariga shart qo'ydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso “Real” futbolchilariga shart qo'ydi
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
18.06.2025, Yak.
Real Madrid
1
Al-Hilal
1

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso o'z o'yinchilariga uchrashuv vaqtida bor kuchini sarflamaganlar endi tarkibga kiritilmasligini aytdi. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis o'z futbolchilarini maydonda jon-jahdi bilan yugurmagan va borini bermaganlar zaxirada qolishi haqida qattiq ogohlantirgan.

Alonso barcha futbolchilar, hatto darvozabon Tibo Kurtua ham bor kuchini berishi kerakligini aytgan.

Eslatib o'tamiz, “Real” o'zining navbatdagi o'yinini 18-iyun kuni Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati doirasida “Al-Hilol”ga qarshi o'tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting