locale OZ

Xabi Alonso “Al-Hilol”ga qarshi o'yin haqida: “Vaqt yetmayapti”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xabi Alonso “Al-Hilol”ga qarshi o'yin haqida: “Vaqt yetmayapti”
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
18.06.2025, Yak.
Real Madrid
1
Al-Hilal
1

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati doirasidan o'rin olgan “Al-Hilol”ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

“O'zgarishlar vaqt talab qilishini bilardim. O'zgartirish kerak bo'lgan jihatlar bor va buni bilamiz. Vaqt yetmayapti.

Tayyorgarlik uchun bizda atigi to'qqiz kun vaqt bor edi, ba'zi futbolchilar esa bor-yo'g'i uchta mashg'ulot o'tkazishdi.

Bu unchalik oddiy emas, lekin biz turnirdamiz va o'rganishga harakat qilyapmiz. Rejalarimizni amalga oshirish uchun vaqt kerak bo'ladi”, - deydi Alonso.

Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan oldin “Real” boshqaruviga keldi. Ispaniyalik mutaxassis bundan avval Leverkuzenning “Bayer” klubini boshqargan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting