locale OZ

Kilian Mbappe sog'lig'idagi muammolar sabab “Al-Hilol”ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kilian Mbappe sog'lig'idagi muammolar sabab “Al-Hilol”ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
18.06.2025, Yak.
Real Madrid
1
Al-Hilal
1

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida “Al-Hilol”ga qarshi bahs oldidan jamoa mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi. Bu haqda COPE nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchi isitmasi sabab “qaymoqranglilar” mashg'ulotlarida qatnasha olmagan. Ta'kidlanishicha, uning harorati yuqori bo'lgan.

Ma'lumot uchun, “Real” va “Al-Hilol” o'rtasidagi bahs 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da Mayamidagi “Hard Rock” stadionida start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting