locale OZ

Trent “Real Madrid”dagi debyut o'yini haqida fikr bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Trent “Real Madrid”dagi debyut o'yini haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
18.06.2025, Yak.
Real Madrid
1
Al-Hilal
1

Madridning “Real” klubi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold ispan grandi tarkibidagi ilk o'yini haqida fikr bildirdi.

Eslatib o'tamiz, “Real” Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati doirasida “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib borib, yakunda 1:1 hisobida durang o'ynadi.

“Men “Real”da debyut qildim, bu har bir futbolchi orzu qiladigan narsa. Bir tomondan g'alaba qozona olmaganimizdan hafsalamiz pir bo'ldi, chunki “Real” futbolchilarining mentaliteti har bir o'yinda g'alaba qozonishdir.

Biz ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Bu o'ziga xos tajriba bo'ldi. Shartnoma imzolagan paytdan boshlab klubning qo'llab-quvvatlashini his qildim”, - deydi Aleksandr-Arnold.

Eslatib o'tamiz, Trent Aleksandr-Arnold shu yozda erkin agent sifatida “Real” tarkibiga qo'shildi. Uning avvalgi jamoasi Angliyaning “Liverpul” klubi edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting