Vitaliy Levchenko Superligada 100-o‘yinni o‘tkazadi
Ukrainalik mutaxassis hisobida 99ta o‘yin bor.
Фото: Нефтчи ПФК
2022 yildan buyon "Neftchi" futbol klubi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan ukrainalik tajribali mutaxassis Vitaliy Levchenko 5 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Neftchi"–"Andijon" bellashuvida 100-rasmiy uchrashuvini nishonlaydi.
Hozirgacha Vitaliy Levchenko "Neftchi" jamoasini 99 ta rasmiy uchrashuvda boshqarib, 48 ta g‘alaba, 34 ta durang va 18 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist