Vitaliy Levchenko: \"Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman\"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
24.05.2025, Yak.
Neftchi Fargona
4
Sho'rtan G'uzor
0
Superliga 11 tur doirasidagi "Neftchi" 4:0 "Sho'rtan" uchrashuvidan so'ng "buyuk chinorlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi:
"Juda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqibimiz bugun himoyalandi va biz taktik hujumga o'tishga majbur bo'ldik. Birinchi bo'limning o'zida gol ura oldik. Ikkinchi taymda esa ustunligimizni davom ettirdik. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman
Yovan Jokich betob bo'lgani uchun bugungi bahsda ishtirok eta olmadi. Futbolchi birinchi davra yakuniga qadar uchrashuvlarda ishtirok etishga tayyor bo'la olmaydi. Hozirda u o'z yurtida davolanmoqda",-deydi mutaxassis
Ibrohim Jalolov
Redaktor