locale OZ

Vitaliy Levchenko: «G'alaba qozongan bo'lsak-da, ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik»

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vitaliy Levchenko: «G'alaba qozongan bo'lsak-da, ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik»
Фото: Машъал ПФК

Superliganing 20-turi doirasida "Neftchi" - "Mash'al" bahsi yakunlangandan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Garchi hisob bizning foydamizga bo'lsa-da, o'yin juda asabiy o'tdi. Afsuski, ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Buni to'g'rilash kerak. Biroq uch ochkoga ega chiqqanimizdan xursandman. Oldinga harakatlanishda davom etamiz.

- "Paxtakor"ga qarshi o'yinga qadar ko'p vaqt bor. Ungacha jamoa o'rtoqlik o'yinlarida qatnashadimi?

- Ha, albatta. Hozir bir qancha jamoalar bilan muzokaralar ketmoqda. Hammasi aniq bo'lganidan keyin klub matbuot xizmati buni e'lon qiladi. Yashiradigan hech narsa yo'q.

- Bugun Vladimir Yovovich ikkinchi taymda maydonga tushdi. Uning o'yiniga qanday baho berasiz?

- Buni omma oldida aytish niyatim yo'q. Bu ichki ishlarga kiradi. Qisqacha aytadigan bo'lsam, uning hali ishlaydigan jihatlari ko'p.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting