locale OZ

Vinisius Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchta o‘yinda gol urgan tarixdagi beshinchi braziliyalik bo‘ldi

U Shotlandiyaga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius Jahon chempionati guruh bosqichidagi uchta o‘yinda gol urgan tarixdagi beshinchi braziliyalik bo‘ldi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
24.06.2026, Yak.
Shotlandiya
0
Braziliya
3

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior Jahon chempionati guruh bosqichining har uchala o‘yinida gol urgan terma jamoa tarixidagi beshinchi futbolchiga aylandi, deya xabar bermoqda ESPN.

JCH-2026 guruh bosqichi 1-turida Braziliya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi (1:1) o‘yinda Vinisius 32-daqiqada raqib darvozasiga gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Keyingi, Gaiti terma jamoasiga qarshi (3:0) o‘yinda esa, 45+3-daqiqada vinger hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. S guruhining Shotlandiyaga qarshi (3:0) so‘nggi o‘yinida esa braziliyalik futbolchi 7 va 45+3-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi.

Vinisiusgacha bunday natijaga faqat Jairzinho (1970), Romario (1994), Ronaldo (2002) va Rivaldo (2002) erishgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting