locale OZ

Anchelotti Neymar terma jamoa tarkibiga qaytishini ma’lum qildi

Italiyalik mutaxassis hujumchining holati haqida gapirib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti Neymar terma jamoa tarkibiga qaytishini ma’lum qildi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
24.06.2026, Yak.
Shotlandiya
0
Braziliya
3

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymar 2026-yilgi jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Shotlandiyaga qarshi kechadigan bahs uchun jamoa qaydnomasiga kiritilishini tasdiqladi.

Gaitiga qarshi g‘alabali o‘yindan (3:0) so‘ng, italiyalik mutaxassis hujumchining holati haqida gapirib o‘tdi.

«Ertaga Neymar individual tarzda mashg‘ulot o‘tkazadi, yakshanba kuni esa umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytadi va shundan so‘ng Shotlandiyaga qarshi o‘yinga chaqiriladi», — dedi Anchelotti.

Neymar sog‘ligidagi muammolar sababli joriy jahon chempionatida hali birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi, biroq endilikda u turnirdagi debyutiga juda yaqin turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting