locale OZ

Neymar Shotlandiyaga qarshi o‘yindayoq Rafinhaning o‘rnini bosishi mumkin

Neymar dastlabki ikki turda ishtirok etmagandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar Shotlandiyaga qarshi o‘yindayoq Rafinhaning o‘rnini bosishi mumkin
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
24.06.2026, Yak.
Shotlandiya
0
Braziliya
3

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Neymarni Jahon chempionati — 2026 C guruhi 3-turi doirasidagi Shotlandiyaga qarshi o‘yinda bir necha daqiqa maydonga tushirishni istamoqda, chunki futbolchi o‘yinga tayyor. Bu haqda The Touchline’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Anchelotti Neymar jarohat olgan Rafinhaning o‘rnini egallashga va maydonda uning rolini o‘z zimmasiga olishga qodir, deb hisoblaydi. Italiyalik mutaxassis 19 yoshli hujumchi Ryan ushbu pozitsiyada qo‘yilgan vazifani yaxshiroq bajara olishi borasida shubha qilmoqda.

Avvalroq Anchelotti Shotlandiyaga qarshi o‘yin arafasida Neymar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytganini ma’lum qilgandi. Hujumchi boldir mushagidagi jarohatdan tiklanayotgani sababli dastlabki ikki turda ishtirok etmagandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting