locale OZ

Neymar jarohatdan tiklandi va JCH-2026 da Shotlandiyaga qarshi o‘ynashga tayyor

Ayni paytda Braziliya 4 ochko bilan Marokash bilan birgalikda peshqadam.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar jarohatdan tiklandi va JCH-2026 da Shotlandiyaga qarshi o‘ynashga tayyor
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
24.06.2026, Yak.
Shotlandiya
0
Braziliya
3

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jarohatdan so‘ng umumiy guruhda birinchi to‘liq mashg‘ulotni o‘tkazdi. “Santos”ning 34 yoshli futbolchisi guruh bosqichining yakuniy turi oldidan milliy terma jamoa mashg‘ulotini to‘liq yakunladi, deb xabar beradi ESPN.

17 may kuni “Santos” safidagi o‘yinda olingan o‘ng boldir mushagi jarohati tufayli forvard JCH-2026 dagi dastlabki ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi. Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar (128 o‘yinda 79 gol) 25 iyun kuni Mayamida C guruhining Shotlandiya terma jamoasiga qarshi hal qiluvchi bahsida maydonga tushishi kutilmoqda.

Rafinyaning o‘ng son orqa mushagidan olgan jarohati tufayli safdan chiqqani fonida hujumchining qaytishi Karlo Anchelotti shogirdlari uchun ayniqsa muhim.

Ayni paytda Braziliya 4 ochko jamg‘argan va Marokash terma jamoasi bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi, raqibidan to‘plar nisbati bo‘yicha o‘zib ketmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting