locale OZ

Vinisius: «Bu turnir davomida o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirish uchun muhim g'alaba»

Braziliyalik vinger Gaiti bilan bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Vinisius: «Bu turnir davomida o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirish uchun muhim g'alaba»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.06.2026, Yak.
Braziliya
3
Gaiti
0

Braziliya terma jamoasining qanot hujumchisi Vinisius Junior JCH—2026 guruh bosqichi doirasida Gaiti ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan (3:0) so'nggi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

“Marokashga qarshi o'yindan oldin aytganimdek, men bu yerga terma jamoa bilan birga katta ishlarni amalga oshirish uchun kelganman. Yaxshi sport formasida bo'lganimda, gollar va golli uzatmalar bilan yordam bera olaman va bor imkoniyatimni ishga solaman. Bugun aynan shunday qildim va chempion bo'lishimiz uchun shu ruhda davom etishga umid qilaman. Men [terma jamoada] o'zimni doim uyda yurgandek his qilaman, ammo buni haqiqiy natijaga aylantira olmasdim. Yaxshi o'yinlar o'tkazganman, lekin gol ura olmaganim uchun bu oxir-oqibatda meni juda xafa qilardi, holdan toydirardi.

Jahon chempionatiga kelganimda, bu o'z futbolimni namoyish qilish uchun eng yaxshi imkoniyat ekanini bilardim, shu sabab bor kuchimni ishga solishga maksimal darajada e'tibor qaratdim. Bu ikki o'yinda o'zimni yaxshi ko'rsata oldim. Albatta, men o'sishda davom etishim kerak.

Bu biz uchun juda muhim pallada bo'ldi, biz yaxshi o'ynadik va gollar ura oldik. Turnir davomida o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirish uchun bu muhim. Uchta markaziy himoyachi bilan o'ynaydigan raqib... Fikrimizcha, yaratgan vaziyatlarimizni inobatga olsak, ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo bu ajoyib o'yin bo'ldi, barcha yaxshi o'yin ko'rsata oldi”, — dedi Vinisius o'yindan so'ng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting