locale OZ

Braziliya Rafinyaning holati haqida tafsilotlarni oshkor qildi

U Gaiti jamoasiga qarshi o‘yinning 40-daqiqasida Rafinýa jarohat sababli almashtirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Braziliya Rafinyaning holati haqida tafsilotlarni oshkor qildi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.06.2026, Yak.
Braziliya
3
Gaiti
0

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) terma jamoa hujumchisi Rafinyaning holati haqida ma’lumot berdi.

JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasidagi Gaiti jamoasiga qarshi o‘yinning 40-daqiqasida Rafinya jarohat sababli almashtirildi.

Almashtirishdan oldin futbolchi maydonga o‘tirib oldi, shundan so‘ng unga yordam ko‘rsatish uchun shifokorlar maydonga tushdi. C guruhi o‘yini Filadelfiyada (AQSH) bo‘lib o‘tdi va braziliyaliklar foydasiga 3:0 hisobida yakunlandi.

«Gaiti jamoasiga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida hujumchi Rafinya o‘ng oyog‘ining tizza osti payida og‘riq sezdi. Futbolchi davolanishni boshladi va uning holati qayta tekshiriladi», — deya Globo nashri bayonotdan iqtibos keltiradi.

Braziliya terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib, o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Karlo Anchelotti shogirdlari 24 iyun kuni Shotlandiya terma jamoasi bilan uchrashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting