locale OZ

Anchelotti: «Rafinya – dunyodagi eng yaxshilardan biri»

Braziliya C guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Anchelotti: «Rafinya – dunyodagi eng yaxshilardan biri»
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.06.2026, Yak.
Braziliya
3
Gaiti
0

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti vinger Rafinyani qo‘llab-quvvatladi va uning Jahon chempionati – 2026 dagi o‘yiniga nisbatan «xotirjamlik, sabr va vazminlikka» chaqirdi.

«Rafinya har qanday hujumkor pozitsiyada o‘ynay oladi, chunki uning faoliyati buni isbotlaydi. «Lids Yunayted»da, Marselo Byelsa davrida, u o‘ng qanotda harakat qilgan, «Barselona»da esa o‘ngdan boshlagan, keyin chapga o‘tgan. Bu yerda ham u juda yaxshi o‘ynaydi, chunki, mening fikrimcha, u dunyodagi eng yaxshilardan biri», – deya Anchelottining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.

Jahon chempionati – 2026 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Ikki tur natijalariga ko‘ra, Braziliya C guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida u Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi (25 iyun).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting