«Vaqti kelsa, hammasini aytib beraman» — Ronaldu Portugaliya yig‘inini tark etishi qarorini izohladi
«Vaqti kelsa, hammasini aytib beraman» — Ronaldu Portugaliya yig‘inini tark etishi qarorini izohladi
41 yoshli hujumchi jamoasiga omad tiladi.
Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan Daniyaga qarshi o‘yin oldidan milliy jamoa ixtiyorini tark etish qaroriga izoh berdi.
«Bosh murabbiyining matbuot anjumandan so‘ng va Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti bilan suhbatlashganimdan keyin milliy jamoaning yig‘inini tark etishga qaror qildim.
Vaqti kelganda, men har doim sadoqat bilan xizmat qilib kelgan Portugaliya milliy jamoasini nima sababdan tark etganim haqidagi haqiqatni barcha portugallarga aytib beraman.
Hozir esa Portugaliyaga va barcha jamoadoshlarimga omad tilaydigan payt», — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq 41 yoshli futbolchi milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushning jamoada hech qanday ziddiyat yo‘qligi haqidagi bayonotiga qaramay, mashg‘ulotlarni tark etgani va yaqin soatlarda Kopenhagendan uchib ketishi kerakligi xabar qilingandi. Shuningdek, murabbiy matbuot anjumanida Ronalduning daniyaliklarga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi mumkinligini ma’lum qilgan.