«O‘yinlarga tayyorgarlik reja bo‘yicha davom etadi» — Portugaliya FF Ronalduning ketib qolishi bo‘yicha bayonot berdi
«O‘yinlarga tayyorgarlik reja bo‘yicha davom etadi» — Portugaliya FF Ronalduning ketib qolishi bo‘yicha bayonot berdi
Federatsiya bor e’tibor bo‘lajak bahslarga qaratilishini ma’lum qildi.
Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduning milliy jamoa safini tark etgani haqida bayonot berdi.
Jamoa sardori bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab milliy jamoa joylashgan bazani tark etdi.
«Portugaliya futbol federatsiyasi hujumchi Krishtianu Ronalduning Kopenhagendagi milliy jamoa qarorgohini tark etganini ma’lum qiladi.
Daniya va Norvegiyaga qarshi bellashuvlarga tayyorgarlik reja bo‘yicha davom etadi. Norvegiyaga qarshi bahs «Dragau» stadionida bo‘lib o‘tadi. Tayyorgarlikda milliy jamoaga chaqirilgan qolgan 24 futbolchi ishtirok etadi.
Butun jamoa Portugaliyaning bo‘lajak o‘yinlariga va oldimizga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga to‘liq e’tibor qaratgan holda ishni davom ettiradi», — deyiladi federatsiya bayonotida.