Ronaldu Jezush bilan mojaro sabab Portugaliya mashg‘ulotlarini tark etdi
Ronaldu Jezush bilan mojaro sabab Portugaliya mashg‘ulotlarini tark etdi
Bosh murabbiy o‘rtada nizo yo‘qligini aytganiga qaramay, hujumchi jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmay qo‘ydi.
Portugaliya hujumchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezush matbuot anjumanida u bilan hech qanday nizo yo‘qligini aytganidan so‘ng milliy jamoa mashg‘ulotini tark etdi. Bu haqda A Bola xabar bermoqda.
1 oktyabr, payshanba kuni Portugaliya Millatlar ligasining 3-turi doirasida Daniyaga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Kopenhagen shahridagi «Parken» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lum qilinishicha, Ronaldu stadionni tark etib, Portugaliya futbol federatsiyasining ikki nafar xodimi hamrohligida mikroavtobus tomon yo‘l olgan.
Portugaliya milliy jamoasi Millatlar ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi. Ronaldu Uelsga (1:0) qarshi o‘yinda 67 daqiqa maydonda harakat qildi, ammo samarali harakat qayd etmadi. Norvegiyaga (2:1) bilan bahsda esa futbolchi maydonga tushmadi.