locale OZ

Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi (O Jogo)

Manbaga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi uzil-kesil qaror qabul qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi (O Jogo)
photo: gettyimages
UEFA Millatlar ligasi. A liga
01.10.2026, Yak.
Daniya
2
Portugaliya
4

Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi (O Jogo)

Manbaga ko‘ra, 41 yoshli hujumchi uzil-kesil qaror qabul qilgan.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida boshqa o‘ynamaydi, deb xabar bermoqda O Jogo.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 24 sentyabr kuni o‘tgan Uelsga (1:0) qarshi bahs 41 yoshli hujumchi uchun milliy jamoa tarkibidagi so‘nggi o‘yin bo‘lgan. Norvegiyaga qarshi bahsni esa u zaxirada o‘tkazgan va bu qarordan norozi bo‘lgan. Bosh murabbiy Jorje Jezush o‘z qarorini tushuntirgan matbuot anjumanidan so‘ng sardor milliy jamoa qarorgohini tark etgan.

O Jogo ta’kidlashicha, Ronaldu milliy jamoaga qaytish niyatida emas va xalqaro faoliyatini yakunlashga qat’iy qaror qilgan. Uning qarori «uzil-kesil va qaytilmaydikan» ekani aytilmoqda.

«Real»ning sobiq hujumchisi Portugaliya milliy jamoasi safida 234 ta o‘yin o‘tkazib, 146 ta gol urgan. Har ikki ko‘rsatkich ham jahon futbolida rekord hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting